Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

“Real” o‘ynatmayapti, ketaman!

“Real” o‘ynatmayapti, ketaman!

Arda Gyuler “Real”dagi holatidan norozi. 20 yoshli turk futbolchisi Yevropaning eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri sifatida klubga olib kelingan bo‘lsa-da, Karlo Anchelotti unga kutilgan imkonni bermadi.

Turkiyalik hujumkor futbolchi harchand urinmasin, murabbiylar shtabi tajribaliroq o‘yinchilarga ishonch bildiryapti.

Gyuler salohiyati yuqori bo‘lsa-da, ichki raqobatga dosh berolmayapti. O‘z navbatida, “Real” ham yosh iste’dod egasini yo‘qotishni istamaydi.

Klub mutasaddilari bu vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ideal yechim sifatida futbolchini ijaraga jo‘natish yo‘lini tanladi.

Ardaning o‘zi ham mahoratini oshirib borish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda va agar Karlo Anchelotti unga o‘yin amaliyotini kafolatlamasa, katta ehtimol bilan yozda Madriddan ketadi.

Kiritildi: 17:07 21.03.2025. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!