Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» TV: «Barselona» bo‘lganida qaror boshqacha chiqar edi

«Real» TV: «Barselona» bo‘lganida qaror boshqacha chiqar edi

«Real» klub televideniyesi La Liganing 4-turida «Betis»ga qarshi kechgan va madridliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan uchrashuvdagi hakam qarorlariga munosabat bildirdi.

89-daqiqada bosh hakam Alexandro Ernandes «Real» hujumchisi Karlos Espining golini hujum rivoji davomida ofsayd qayd etilgani sabab bekor qildi.

94-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshira olmadi. VAR ushbu epizodda «Betis» himoyachisi Mark Bartra va boshqa futbolchilar zarbadan oldin jarima maydoniga kirib ketgan-ketmaganini tekshirdi. Yakunda hakamlar qoidabuzarlik yo‘q, degan qarorga keldi va penalti qayta tepilmadi.

«Agar bu vaziyat «Barselona» bilan bo‘lganida, penalti qayta tepilar edi. Espi «Barselona» uchun gol urganida esa bu gol bekor qilinmas edi», — deyildi «Real» TV efirida.

Kiritildi: 09:10 05.09.2026. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!