Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" tekinga zo‘r futbolchilarni oladi

"Real" tekinga zo‘r futbolchilarni oladi

Kelasi yozda "Real" markaziy himoya chizig‘iga bir emas, birdaniga ikkita yangi futbolchini qo‘shib olishi mumkin. Madrid klubi radarida "Kristal Pelas"dan Mark Gexi, "Bavariya"dan Dayo Upamekano va "Liverpul"dan Ibraima Konate bor.

"Real" kelasi yozda Antonio Ryudiger va David Alaba bilan xayrlashishi aniq bo‘lgani bois, madridliklar ushbu short-listdagi ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda talkSPORT’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.

Qizig‘i, Gexi, Upamekano va Konatening o‘z klublari bilan amaldagi shartnomalari 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Gexi hozir 25 yoshda, Upamekano va Konate esa 26 yoshda.

Kiritildi: 18:21 19.10.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!