Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Real” sobiq darvozaboni vafot etdi

“Real” sobiq darvozaboni vafot etdi

“Real” va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Xose Arakistayn 88 yoshida hayot bilan xayrlashdi. Bu haqda “Qirollik klubi” rasmiy sayti ma’lumot berdi.

- “Real Madrid”, klub prezidenti va direktorlar kengashi vakillari jamoa tarixidagi afsonaviy darvozabonlardan bo‘lgan Xose Arakistaynning vafot etgani munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qiladi.

Klub marhumning oila a’zolari, do‘stlari va barcha yaqinlariga ta’ziya izhor etadi, - deyiladi “Qirollik klubi”ning rasmiy bayonotida.

Arakistayn aslida “Real Sosyedad” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1956-1996 yillar davomida bu jamoa darvozasini qo‘riqlagan golkiper “Real”ga o‘tganidan keyin 1968 yilgacha “Qirollik klubi”da faoliyat yuritgan.

Madridliklar safida Arakistayn yetti mavsum davomida 97 ta uchrashuvda ishtirok etib, olti bor Ispaniya chempioni, bir bor mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. 1966 yilda Yevropa chempionlari kubogini qo‘lga kiritdi.

Tajribali posbon faoliyatining oxirgi bosqichini “Elche” va “Kastelyon” klublarida o‘tkazgan. Xose Aragistayn Ispaniya terma jamoasi safida 1962 yili Chili mezbonlik qilgan jahon chempionatiga borgan. U professional faoliyatini 1973 yili yakunlagan edi.

Kiritildi: 23:51 28.09.2025. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!