"Real" sardori Dani Karvaxal o‘ng tizzasidan muvaffaqiyatli operasiya qilindi.
Madrid klubi matbuot xizmati o‘ng qanot himoyachisiga artroskopik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Avvalroq, 33 yoshli futbolchining o‘ng tizzasida xondrom tana aniqlangani haqida xabar berilgandi. Karvaxal ikki oydan uch oygacha safdan chiqishi kutilmoqda.
Yaqinda kambalasimon mushak jarohatidan forig‘ bo‘lgan Karvaxal joriy mavsum La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.