Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

"Real" Rodrigoga La Liganing o‘zidan o‘rinbosar topdi

"Real" Rodrigoga La Liganing o‘zidan o‘rinbosar topdi

"Real" "Atletik" vingeri Niko Uilyamsni sotib olishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi safidagi 22 yoshli Yevropa chempionining nomi "Madrid" rahbarlari orasida tobora ko‘proq tilga olinmoqda. Klub transfer imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

"Qaymoqranglilar"ga Uilyamsning profili juda yoqadi - u yosh, portlovchi o‘yinchi, ommaviy axborot vositalarida katta ta’sirga ega, sport va tijorat salohiyatiga ega. Uning Ispaniya terma jamoasi a’zosi ekani ham "Real" uchun plyus.

Futbolchining "Atletik" bilan shartnomasida badal puli - 58 million yevro ko‘rsatilgan. Klubdagilarning fikricha, Uilyamsning xaridi transfer bozorida yaxshi imkoniyat bo‘lib, uni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, "Madrid" Nikoning "Barselona"ning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lganini hisobga olgan holda, ushbu transfer qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini baholamoqda. Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" yozda Uilyamsni sotib olmaslikka qaror qilgani, bunga pul yetishmasligi va hujum chizig‘idagi yaxshi o‘yin sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Agar ispaniyalik futbolchi kelsa, "Real"dan ketish uchun asosiy nomzod braziliyalik Rodrigo bo‘ladi.

Kiritildi: 10:41 21.05.2025. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!