Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» rahbariyati Mourinyo o‘rniga jahon chempionini olib kelishni o‘ylamoqda

«Real» rahbariyati Mourinyo o‘rniga jahon chempionini olib kelishni o‘ylamoqda

Fransiya terma jamoasini jahon chempionligi sari yetaklagan Didye Desham faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Ispaniya grandi rahbariyati bosh murabbiylik lavozimi uchun fransiyalik mutaxassis nomzodini muhokama qilmoqda.

Radio Marca jurnalisti Serxio Valentin tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres Joze Mourinyoning ishidan to‘liq qoniqmayapti. Agar yaqin orada jamoaning o‘yini va natijalarida ijobiy o‘zgarish kuzatilmasa, portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni to‘xtatish masalasi kun tartibiga chiqishi mumkin.

Madridliklarning La Ligadagi hozirgi holati ham murabbiy atrofidagi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Sakkizta uchrashuvda 18 ochko ishlagan «qaymoqranglilar» turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda.

Klubning yaqin vaqtdagi natijalari Mourinyo taqdirida muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Jumladan, madridliklar 18 oktyabr kuni o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi.

Ehtimoliy o‘zgarishlar fonida Deshamning nomi bejiz tilga olinmayapti. 58 yoshli murabbiy 2026 yilgi mundialdan keyin Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagan va hozircha yangi klub bilan shartnoma imzolamagan.

Uning murabbiylik faoliyatida bir qator salmoqli yutuqlar mavjud. Desham Fransiya bilan 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 2020/21 yilgi UYEFA Millatlar ligasida ham bosh sovringa ega bo‘lgan.

Terma jamoadagi uzoq yillik faoliyatidan avval u «Monako», «Yuventus» va «Marsel» klublarida ishlagan. Shu bois fransiyalik mutaxassisning klub futboliga qaytishi ehtimoli ham e’tibor markazida turibdi.

Kiritildi: 23:42 18.10.2026. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!