Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

«Real» prezidenti jamoaga yangi murabbiy tanladi

«Real» prezidenti jamoaga yangi murabbiy tanladi

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Real»ni boshqarishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres italiyalik mutaxassisni taklif qilishdan shaxsan manfaatdor. Unga Allegrining o‘z jamoalarini boshqarish uslubi juda manzur keladi. Peres Allegrini futbolchilar o‘rtasida katta obro‘ga va kiyinish xonasida kuchli ta’sirga ega bo‘lgan juda yaxshi murabbiy deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, Massimiliano Allegri 2025 yilning yozida «Milan» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Ayni damda «rossonerilar» uning qo‘l ostida Italiya chempionati turnir jadvalida 33 turdan so‘ng 66 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda borishmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:20. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!