Madridning "Real" klubi 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, mavsum o‘yinchisi deb barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda 40 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan hujumchi Kilian Mbappe tanlandm. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi uchun bu mavsum "Real" safidagi debyut mavsum bo‘ldi, ammo u allaqachon klubning bir nechta to‘purarlik rekordlarini yangilagan.
"Real"ning bu mavsumdagi o‘yinlariga kelsak, jamoa birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. Chempionlar ligasida Madrid klubi chorak finalda "Arsenal"ga yutqazib, turnirdan chiqib ketdi, La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, Ispaniya kubogi va Superkubogida esa finalda mag‘lub bo‘ldi. Qo‘shimcha qilish joiz, barcha ichki turnirlarda "Real" "Barselona"ga imkoniyatni boy bergan.