Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"Real" "Oltin to‘p" sohibi bilan shartnoma imzolashi mumkin

"Real" "Oltin to‘p" sohibi bilan shartnoma imzolashi mumkin

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri safga qaytdi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli Rodri "Real" e’tiboridan chetda qolmayapti va Madrid klubi kelayotgan yilda katta transfer amalga oshirishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "Real" Rodrining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallanganidan foydalanishi mumkin. Agar kelishuv uzaytirilmasa, 2026 yilning yozida "Manchester Siti" mavsumdan keyin futbolchisini tekinga yo‘qotmaslik uchun Rodrini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi.

Nufuzli Transfermarkt portali Rodrini 75 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2024 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 23:44 05.01.2026. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!