Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real"ning yosh hujumchisining Xabi Alonsodan jiddiy jahli chiqdi

"Real"ning yosh hujumchisining Xabi Alonsodan jiddiy jahli chiqdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik yana maydonga tushmadi. 19 yoshli futbolchi yakshanba kuni La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda ham zaxirada qoldirildi. Uchrashuv yakunida Xabi Alonso braziliyalik futbolchini zaxiradan maydonga tushirmoqchi edi, ammo yakunda fikridan qaytdi - futbolchiga chigalyozdi mashg‘ulotlarini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berildi. Hujumchi hissiyotlarini jilovlay olmadi va jahldan shishani tepib yubordi, deb xabar beradi Carrusel Deportivo. Murabbiy buni ko‘rdi, ammo munosabat bildirmadi.

Endrik bir oydan ko‘proq vaqt oldin jarohatini davolagan bo‘lsa-da, joriy mavsumda hali ham maydonga tushmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, "Palmeyras"ning sobiq yulduzi yanvar oyidayoq ijaraga ketishi mumkin.

Kiritildi: 13:32 20.10.2025. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!