Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

«Real»ning ishongan tog‘i navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Real»ning ishongan tog‘i navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe ikkinchi kun ketma-ket jamoaning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda jurnalist Karlos Rodriges o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar qoldirdi.

Qayd etilishicha, Mbappeni chap tizzasidagi noqulaylik hali ham bezovta qilmoqda. Bu muammo unda o‘tgan yilning dekabr oyida tizza bog‘lamlari cho‘zilganidan beri vaqti-vaqti bilan kuzatilib turibdi. O‘shanda futbolchi bir necha haftani o‘tkazib yuborgan va hatto Ispaniya Superkubogidagi ishtiroki ham xavf ostida qolgan edi.

Shu sababli, Mbappening shanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi katta so‘roq ostida turibdi. Klubning kechagi ma’lumotiga ko‘ra, Kilian mashg‘ulotlarni faqat yopiq zalda davom ettirgan. Agar u umumiy guruhga qaytmasa, murabbiylar shtabi uni seshanba kungi YECHL doirasidagi «Benfika» bilan o‘yinga asrab, dam berishlari mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe «Real» uchun 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda La Liga turnir jadvalida «Real» ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:53. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!