Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real"ning ikki futbolchisi jarohat oldi. Ularning ahvoli qanday?

"Real"ning ikki futbolchisi jarohat oldi. Ularning ahvoli qanday?

Madridning "Real" klubi shanba kuni bo‘lib o‘tgan La Liga doirasidagi "Vilyarreal"ga (3:1) qarshi o‘yinda birdaniga ikki futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldi.

75-daqiqada Franko Mastantuono maydonni tark etgan bo‘lsa, 83-o‘yinda Kilian Mbappe o‘yinni erta yakunladi. Jurnalist Xose Luis Sanchesning ma’lum qilishicha, har ikki futbolchining jarohati unchalik jiddiy emas: argentinalik futbolchining tizza osti paylari biroz lat yegan, fransuz esa o‘ng oyog‘ining to‘pig‘i biroz cho‘zilgan. Tiklashning aniq muddatlari keyinroq ma’lum bo‘ladi.

"Real"ning navbatdagi o‘yini 19 oktyabr kuni, terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffusdan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Xabi Alonso jamoasi "Xetafe" maydoniga safar qiladi.

Kiritildi: 09:09 05.10.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!