Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real»ning besh futbolchisi «Inter»ga qarshi bahs oldidan mashg‘ulotda qatnashmadi

«Real»ning besh futbolchisi «Inter»ga qarshi bahs oldidan mashg‘ulotda qatnashmadi

«Real» darvozaboni Andrey Lunin grippga chalingani sababli UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Inter»ga qarshi o‘yin oldidan jamoa mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi. Bu haqda COPE jurnalisti Migel Anxel Dias xabar berdi.

Eder Militao, Raul Asensio, Ferlan Mendi va Rodrigo ham jarohatlari tufayli mashg‘ulotda ishtirok etmadi.

Lunin joriy mavsumda «Real» safida hali birorta uchrashuvda maydonga tushmadi. U 2025/2026 yilgi mavsumda Madrid klubi darvozasini 12 ta o‘yinda qo‘riqlab, 21 ta gol o‘tkazib yuborgan. Darvozabon bitta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

«Real» — «Inter» uchrashuvi 8 sentyabr kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 10:05. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!