Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real"ning asosiy himoyachisining kelasi yozda ketish ehtimoli oshib bormoqda

"Real"ning asosiy himoyachisining kelasi yozda ketish ehtimoli oshib bormoqda

Madridning "Real" klubi kelasi yili markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan xayrlashishi mumkin.

Yangi mavsum 32 yoshli futbolchi uchun yaxshi boshlanmadi: u yana jarohat oldi va yil oxirigacha safdan chiqdi. ESPN xabariga ko‘ra, "Real" endi futbolchining kelasi yozda ketishini istisno qilmayapti. Germaniyalik yulduzga hamon Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Antonio Ryudiger "qaymoqranglilar" safini erkin agent sifatida tark etishi mumkin, chunki uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchi 2022 yilning yozidan beri Madrid grandi sharafini himoya etib kelmoqda.

Kiritildi: 10:33 26.09.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!