Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

“Real”ning 7 futbolchisi Alonso bilan xayrlashmadi

“Real”ning 7 futbolchisi Alonso bilan xayrlashmadi

Ispaniyaning Marca nashri sinchkovlik bilan hisob-kitob qilib, Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan kamida yetti nafar futbolchi xayrlashmaganini aniqladi.

Gap ijtimoiy tarmoqlardagi an’anaviy xayrlashuv postlari haqida ketmoqda.

Quyidagi futbolchilar bo‘lgan voqeaga hech qanday munosabat bildirishmagan:

Vinisius Junior, Eder Militao, Trent Aleksandr-Arnold, Mendi, Jud Bellingem, Braim Dias va Franko Mastantuono.

Shu bilan birga, Kilian Mbappe va yana ba’zi futbolchilar nafaqat munosabat bildirishgan, balki murabbiyga minnatdorlik izhor etib, uning ketganidan afsuslanayotganlarini ham aytishgan.

Marca ta’kidlashicha, ushbu “ajoyib yettilik” ichidan faqat Braim Diasni oqlash mumkin. Chunki u hozir Marokash terma jamoasi uchun juda muhim bo‘lgan Afrika Millatlari kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bor e’tiborini musobaqaga qaratgan.

Kiritildi: Bugun 11:05. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!