Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" markaziy himoyachisi navbatdagi o‘yindan so‘ng klub bilan xayrlashadi

"Real" markaziy himoyachisi navbatdagi o‘yindan so‘ng klub bilan xayrlashadi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Xesus Valyexo tez orada klubni tark etadi.

28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi va uzaytirilmaydi. Jurnalist Gilyermo Rayning yozishicha, markaziy himoyachi "qaymoqranglilar" bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bormaydi. La Liga so‘nggi turidan o‘rin olgan "Real Sosyedad"ga qarshi 24 may kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv futbolchi uchun "Real"dagi xayrlashuv uchrashuvi bo‘ladi.

Xesus Valyexo 2015 yildan beri "qirollik klubi"ga tegishli. Bu vaqt ichida ispaniyalik futbolchi bir necha bor ijaraga berilgan. Umuman olganda, himoyachi "Real" safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 11:01 22.05.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!