"Real Madrid"ning ikki futbolchisi Eder Militao va Arda Gyuler uchun mavsum yakunlandi. Bu haqda klubning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ikkala futbolchi ham sonning orqa qismi mushagi (biceps femoris) jarohatini olgan. Shu sababli ularning joriy mavsumdagi qolgan uchrashuvlarda maydonga tushmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Militao va Gyuler reabilitasiyaga e’tibor qaratib, asosiy maqsad sifatida 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyor bo‘lishni ko‘zlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" Ispaniya La Ligasida 32 ta uchrashuvdan so‘ng 73 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" hisobida esa 82 ochko mavjud.