Qo‘shma Shtatlar Hormuz bo‘g‘ozi yopilishi sababli yoqilg‘i tanqisligiga duch kelayotgan mamlakatlarning iltimosiga binoan Rossiya va Eron neftining dengiz orqali yetkazib berilishiga nisbatan sanksiyalarni yengillashtirishni 30 kunga uzaytirdi.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent AQSh Senati qo‘mitasi eshituvida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarida taxminan 10 ta davlat shunga o‘xshash so‘rovlarni taqdim etgan.
Bessent ilgari ushbu yengillashtirish choralarini uzaytirish niyatida emasligini aytgan edi.