La Liganing so‘nggi 38-turida "Real Madrid" o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni qabul qildi.
Mazkur to‘qnashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikki golga ham Kilian Mbappe mualliflik qildi.
Ushbu bahs Luka Modrich, Lukas Vaskes va Xesus Valyexo uchun o‘z maydonidagi so‘nggi bahs bo‘lsa, Karlo Anchelotti uchun jamoa ustozligidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.