"Real Madrid" yosh braziliyalik hujumchisi Endrikni mavsumning so‘nggi o‘yini oldidan yo‘qotdi. U tizza osti payidan jarohat olgani ma’lum qilindi.
Madrid klubi futbolchining maydonga qaytishi bo‘yicha aniq muddatni bildirmadi. Biroq, jurnalist Arancha Rodriges o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Endrik ushbu jarohat tufayli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
Bu musobaqa iyun oyi o‘rtalarida boshlanadi. Guruh bosqichida "Real"ga "Al-Hilol", "Pachuka" va "RB Zalsburg"ga qarshi o‘yinlar kutmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, madridliklar La Liganing so‘nggi turida 24 may kuni "Real Sosyedad"ga qarshi maydonga tushadi.