Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" Madrid derbisida "Atletiko" tomonidan tor-mor etildi

"Real" Madrid derbisida "Atletiko" tomonidan tor-mor etildi

"Real" safarda Ispaniya La Ligasining 7-turida "Atletiko"ga yutqazdi - 2:5.

"Matraschilar" safida Xulian Alvares dublga mualliflik qildi. Argentinalik futbolchi 50-daqiqada penaltidan unumli foydalandi va 64-daqiqada jarima zarbasidan gol urdi. Shuningdek, Robin Le Norman (14), Aleksandr Syorlot (45+3) va Antuan Grizmann (90+4) bittadan gol urdi.

"Real" safida Kilian Mbappe (25) va Arda Gyuler (36) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

"Real" (18 ochko) joriy mavsumda ilk marta ochko yo‘qotdi va La Ligada peshqadamlikni davom ettirmoqda, ammo "Barselona" (16) 7-turda "Real Sosyedad" ustidan g‘alaba qozonsa, madridliklarni ortda qoldirishi mumkin.

"Atletiko" (12) musobaqa jadvalida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

La Liga, 7-tur
Atletiko - Real - 5:2
27 sentyabr 2025 yil, shanba, 19:15
Gollar: Le Norman, 14 (1:0). Mbappe, 25 (1:1). Arda Gyuler, 36 (1:2). Syorlot, 45 (2:2). Alvares, 50 - s penalti (3:2). Alvares, 64 (4:2). Grizmann, 90 (5:2)
Atletiko: Oblak, Gansko (Galan, 83), Langle, Le Norman, Lyorente, Gonsales (Grizmann, 83), Koke, Barrios, Simeone (Baena, 90), Alvares (Molina, 90), Syorlot (Gallaxer, 67)
Real: Kurtua, Karreras, Xeysen (Garsiya, 90), Eder Militau (Raul Asensio, 46), Karvaxal (Kamavinga, 59), Vinisius Junior, Tchuameni, Valverde, Arda Gyuler (Mastantuono, 59), Mbappe, Bellingem (Rodrigu, 70)
Ogohlantirishlar: Syorlot, 22. Gonsales, 40. Langle, 56. Simeone, 82. Gallaxer, 90 - Arda Gyuler, 50. Raul Asensio, 58. Karreras, 62. Mastantuono, 90

Kiritildi: 23:10 27.09.2025. O'qildi: 1036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!