Madridning “Real” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoani tark etishini elon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Karlo Anchelotti har doim "Real Madrid" oilasining bir qismi bo‘lib qoladi. Biz u bilan faxrlanamiz - u bizga nafaqat katta yutuqlarni keltirdi, balki klubimiz qadriyatlarini ham o‘zida mujassam etgan", – dedi klub prezidenti Florentino Peres.
Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real Madrid"da ishlagan, keyin 2021 yilda jamoaga qaytgan va shu vaqt ichida klub bilan jami 11 ta sovrin yutgan. Bu mavsumda "Real Madrid" UEFA Superkubogi va Butunjahon klublar o‘rtasidagi chempionatda g‘olib chiqdi.
Ispaniyalik Xabi Alonso italiyalik mutaxassis o‘rniga "Real" bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda. 9 may kuni u “Bayer”dan (Germaniya) ketishini e’lon qildi.