Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" kelasi yozda qaysi himoyachini olishi ma’lum bo‘ldi

"Real" kelasi yozda qaysi himoyachini olishi ma’lum bo‘ldi

Madridning "Real" klubi himoya markaziga asosiy transfer maqsadini belgilab oldi.

Ispaniyaning Marca nashri ma’lumotiga ishonadigan bo‘lsak, kelasi yili Londonni tark etishi aniq bo‘lgan "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi bu borada zaxira varianti, xolos. Ta’kidlanishicha, "Real"ning ustuvorligi "Liverpul" vakili Ibraima Konatega tegishli. Ammo agar futbolchi mersisaydliklar bilan shartnomani uzaytirsa, unda "qaymoqranglilar" Gexi variantiga o‘tadi.

26 yoshli Konatening "Liverpul" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 55 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:40 18.10.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!