Madridning "Real" klubi ikki yillik tanaffusdan keyin "Oltin to‘p" taqdirlash marosimiga qaytishga qaror qildi. Jamoaning bir qator futbolchilari 26 oktyabr kuni Londonda o‘tadigan tadbirda ishtirok etishi kutilmoqda.
L’Équipe nashrining xabar berishicha, madridliklar bu safar marosimga ancha keng tarkibda borishni rejalashtirgan. Sentyabr oyida klub Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellingem va Mark Kukurelyaning mukofotga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" 2024 yilda Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritmasligi ma’lum bo‘lgach, Parijdagi marosimni boykot qilgan. O‘shanda bosh sovrin "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga nasib etgan.
Madridliklar 2025 yilda ham ushbu tadbirdan o‘zini chetga olgan. Hatto klub futbolchilari nomzodlar orasida bo‘lishiga qaramay, jamoaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida mukofot haqida xabar berilmagan.
Bu yil esa vaziyat o‘zgarmoqda. Asosiy mukofotdan tashqari, Tibo Kurtua mavsumning eng yaxshi darvozaboni, Yan Diomande Golden Boy, Felisiya Shryoder esa ayollar o‘rtasidagi shu kabi sovringa da’vogar sifatida tilga olinmoqda.