Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" hujumchisi jamoadagi kelajagini hal qildi

"Real" hujumchisi jamoadagi kelajagini hal qildi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrik yaqin kelajakdagi rejalarini belgilab oldi.

19 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" rejalariga kirmaydi, shuning uchun klubda braziliyalik futbolchi imkoniyat bo‘lganda ijaraga ketishini ma’qul ko‘rishmoqda. Cope xabariga ko‘ra, Endrik va uning vakillari "Real" rahbariyatining tavsiyalariga qaramay, yanvar oyida ijara variantlarini ko‘rib chiqmoqchi emas.

Mish-mishlarga ko‘ra, Endrikka "Valensiya", "Selta", "Nyukasl" va boshqa klublar qiziqish bildirgan. Yaqinda hujumchi jarohatini davoladi, biroq Xabi Alonso hozircha uni hech bir o‘yinda maydonga tushirmadi. Porlayotgan yulduzning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:12 28.09.2025. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!