«Real» himoyachisi Ferlan Mendi qariyb bir oyga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda.
Fransiyalik himoyachi Chempionlar ligasi nimchorakfinal javob o‘yini doirasidagi «Atletiko»ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida chap oyog‘idan jarohat olgandi.
Jurnalist Aranchi Rodrigesning yozishicha, Mendi son mushaklarining shikastlanishi jarohati bilan 3-4 hafta «Real»ga yordam bera olmaydi.