Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Arda Gyulerni sotish niyatida emas. Turkiyalik futbolchiga Parijning "PSJ" klubi katta qiziqish bildirayotganiga qaramay, madridliklar uni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq "PSJ" Gyuler uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, "Real" rahbariyati futbolchining ehtimoliy ketishi haqidagi gaplarni qat’iyan rad etgan.
Turkiyalik yarim himoyachi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning eng ishonchli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu sababli Madrid klubi uning transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti.
Shu bilan birga, Gyulerga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Arda Gyulerning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.