Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» futbolchisi mast holda avtomobil boshqargani uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilindi

«Real» futbolchisi mast holda avtomobil boshqargani uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilindi

Madridning «Real» klubi himoyachisi Raul Asensioga katta miqdorda jarima solinib, u haydovchilik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Canarias 7 xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, avgust oyida 23 yoshli futbolchi Porsche avtomobilini mast holda boshqarayotganida ushlangan. Ispaniyalik futbolchining qonidagi alkogol miqdori ruxsat etilgan me’yordan qariyb to‘rt baravar yuqori bo‘lgan.

Asensioga 14 400 yevro miqdorida jarima solingani aytilmoqda. Bundan tashqari, himoyachi 8 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilingan.

«Real» tarbiyalanuvchisi yangi mavsumda hali biror marta maydonga tushmadi. Futbolchi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

Kiritildi: 15:57 02.09.2026. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!