Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» futbolchilari Jahon chempionatlarida noyob rekord o‘rnatishdi

«Real» futbolchilari Jahon chempionatlarida noyob rekord o‘rnatishdi

Madridning «Real» klubi bitta Jahon chempionatida bitta klub a’zolari tomonidan kiritilgan gollar soni bo‘yicha mutlaq rekordni yangiladi. Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemning Norvegiya darvozasiga urgan ikkita golidan (2:1) keyin «Real» futbolchilarining mazkur turnirdagi gollari soni 19 taga yetdi.

Bungacha bo‘lgan rekord 18 ta golni tashkil etardi. Ushbu natija JCH-1954 musobaqasida Vengriyaning «Gonved», JCH-2014da Germaniyaning «Bavariya» hamda JCH-2018da Fransiyaning «PSJ» klublari futbolchilariga tegishli edi.

Ayni damda Bellingemning hisobida ushbu turnirda 6 ta gol mavjud. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar»dan Kilian Mbappe (8 ta gol), Vinisius Junior (4 ta) va Arda Gyuler (1 ta) mundialda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga ulgurdi.

Kiritildi: 17:12 12.07.2026. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!