2021 yilning 28 sentyabr kuni Madridda Tibo Kurtua darvozasiga to‘p kiritgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev «Lokomotiv» PFK bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Endilikda mohir yarim himoyachi «temiryo‘lchilar» sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun: Jasur Yaxshiboyev 1997 yil 24 iyunda Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug‘ilgan. Bo‘yi — 178 sm, vazni — 71 kg.
Futbolchining faoliyati: Yaxshiboyev faoliyati davomida quyidagi klublarda to‘p tepgan:
«Paxtakor» (O‘zbekiston)
«Navbahor» (O‘zbekiston)
«OKMK» (O‘zbekiston)
«Ordabasi» (Qozog‘iston)
«Shaxtyor» va «Energetik-BGU» (Belarus)
«Sherif» (Moldova)
«Legiya» (Polsha)
«Nassadji» (Eron)