Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real"da jarohatlar epidemiyasi: Kim qachon safga qaytadi?

"Real"da jarohatlar epidemiyasi: Kim qachon safga qaytadi?

Madridning "Real" klubi murabbiyi Alvaro Arbeloa 2 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Xetafe"ga qarshi o‘yinda jarohatidan qutilgan hujumchi Rodrigoni tarkibga qaytarishi mumkin. Bu haqda "COPE" nashri xabar bermoqda.

Tarkibga oid boshqa yangiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Kilian Mbappe La Liganing navbatdagi o‘yinida maydonga tusha olmasligi aniq, uning "Selta"ga qarshi bahsdagi ishtiroki ham so‘roq ostida turibdi. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, agar biror kutilmagan holat yuz bermasa, Mbappe Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuviga (17 mart) qadar tayyor bo‘ladi.

Eng yomon holat Eder Militao bilan bog‘liq. Markaziy himoyachi 1/8 final o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi, uning safga qaytishi terma jamoalar tanaffusidan keyinga kutilmoqda. Xyoysenga kelsak, u "Xetafe"ga qarshi o‘ynamaydi, biroq Vigodagi bahsgacha safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

Nihoyat, Jud Bellingem va Dani Sebalyos bilan bog‘liq vaziyat ancha noaniq bo‘lib turibdi. Har ikki yarim himoyachida "Atletiko"ga qarshi derbida (22 mart) maydonga tushish uchun kichik imkoniyat mavjud. Klub rahbariyati ularning to‘liq tiklanishini ta’minlash maqsadida yana biroz dam berish variantini ham istisno etmayapti.

Kiritildi: Bugun 15:29. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!