Xabaringiz bor, kecha Madridning "Real" klubi "Bayer" sobiq ustozi Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka tayinlaganini rasman e’lon qilgan edi.
Bugun, 26 may Toshkent vaqti bilan 15:30'da ispaniyalik murabbiyning "qirollik klubi"da tanishtiruv marosimi boshlanadi.
Alonso "los-blankos" bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning ilk yirik turniri Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘ladi.