Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Real" bu mavsumda "Bernabeu"dan 400 mln yevrodan ko‘proq daromad olishni rejalashtirmoqda

"Real" bu mavsumda "Bernabeu"dan 400 mln yevrodan ko‘proq daromad olishni rejalashtirmoqda

"Real" bu mavsumda yangilangan "Santyago Bernabeu"dan 400 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ ishlab olmoqchi.

AS xabariga ko‘ra, klubning umumiy daromadi 1,248 milliard yevro (o‘tgan mavsumga nisbatan +5 foiz) bo‘lishi kutilmoqda va taxminan uchdan bir qismi, ya’ni 402,5 million yevro stadiondan tushadigan daromadga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan mavsumda faqatgina majmua ichidagi biznes faoliyati hisobiga (o‘yinlar uchun chiptalar sotuvini hisobga olmaganda) klub 79,1 mln yevro ishlab topgan, shundan 52,6 mln yevro "Bernabeu" bo‘ylab turlardan, 15,4 mln yevro turli tadbirlar va konsertlardan, 10,3 mln yevro restoranlardan tushgan.

Bu mavsumda turlardan tushumlar 31 foizga o‘sishi kerak. Shuningdek, gastronomik hududlar, VIP zonalar va xalqaro tadbirlar tufayli daromadlar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Bundan tashqari, "Bernabeu"ning asosiy durdonasi hisoblangan SkyBar hanuzgacha ochilmagan.

Tez orada konsert faoliyati to‘liq tiklanishi va Bernabéu Infinito (Apple bilan hamkorlikda) loyihasi ishga tushirilishi kutilmoqda, bu esa stadionga virtual reallik ko‘zoynaklari orqali tashrif buyurish imkonini beradi.

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!