Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» bosh murabbiyi Rodrigo Goesning kelajagi haqida fikr bildirdi

«Real» bosh murabbiyi Rodrigo Goesning kelajagi haqida fikr bildirdi

«Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa hujumchisi Rodrigo Goesning kelajagi haqida so‘zladi.

«Rodrigo hujumda universal — u qanotlarda ham, markaziy hujumchi sifatida ham o‘ynay oladi. Yil oxiriga kelib u sezilarli darajada o‘sdi, haqiqatan ham bir nechta sifatli o‘yinlarni o‘tkazdi va biz uning holatidan juda yaxshi taassurot oldik.

U biz uchun boshqa futbolchilar kabi muhim, ayniqsa Kilianning yo‘qligi hisobga olinganda — hozircha bu qancha muddat davom etadi, aniq emas. Bizda turli variantlar bor va Rodrigo shulardan biri bo‘lishi mumkin», — dedi Alonso.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi «Real» safida barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi, shu vaqtda 2 ta gol urdi va 4 ta samarali uzatma amalga oshirdi.

Rodrigoning "Madrid" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:20 04.01.2026. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik