"Benfika" klubi qanot himoyachisi Alvaro Karreras faoliyatini "Real"da davom ettirishi kutilmoqda.
Insayder Fabrisio Romanoga ma’lum bo‘lishicha, "Real" 25 may kuni bo‘lib o‘tadigan Portugaliya kubogi finalidan keyin 22 yoshli Karrerasning transferi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtiradi.
Manbaga ko‘ra, himoyachining o‘zi allaqachon "Real" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo klublar o‘rtasidagi muloqot hali ham davom etmoqda.
Joriy mavsumda Karreras barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.