Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

«Real» «Barselona» sobiq bosh murabbiyini jamoaga olib kelishi mumkin

«Real» «Barselona» sobiq bosh murabbiyini jamoaga olib kelishi mumkin

“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrike 2026 yil yozida klubni tark etib, Madridning “Real” jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda X (sobiq Twitter)dagi Tipskills Sports UK nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yangi klubda ishlashga tayyor, biroq u futbolchilar tanlovi, transferlar va sportga oid qarorlar bo‘yicha to‘liq vakolatga ega bo‘lishni istaydi. Qayd etilishicha, Enrike La Ligaga qaytish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Luis Enrike 2014–2017-yillarda “Barselona”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, Yevropa Superkubogi, ikki marta Ispaniya chempionligi, uch marta Qirol kubogi va bir bor Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

2023 yil yozidan buyon Enrike “PSJ”ni boshqarib kelmoqda. Parij klubi bilan u Chempionlar Ligasi, Qit’alararo kubok, Yevropa Superkubogini yutgan, shuningdek, ikki martadan Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchgan. Shuningdek, Enrike “Selta”, “Roma” va Ispaniya terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.

Kiritildi: Bugun 14:09. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!