Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

"Real" "Atletiko"ni mag‘lub etdi va Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" bilan to‘qnash keladi

"Real" "Atletiko"ni mag‘lub etdi va Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" bilan to‘qnash keladi

"Real" "Atletiko"dan ustun keldi va Ispaniya Superkubogi finaliga yo‘l oldi. "Real" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ni mag‘lub etdi - 2:1.

O‘yin Saudiya Arabistonidagi "King Abdullah Sports City" stadionida bo‘lib o‘tdi.

"Qaymoqranglilar" ikkinchi daqiqadayoq Federiko Valverdening goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 55-daqiqada Valverdening uzatmasidan so‘ng "Real"ning ikkinchi goliga Rodrigo mualliflik qildi.

"Atletiko"ning yagona goliga 58-daqiqada Aleksandr Serlot mualliflik qildi.

"Real" Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi va u yerda yarim finalda "Atletik"ni yirik hisobda mag‘lub etgan "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:41 09.01.2026. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!