Madridning “Real” klubi rahbariyati yozgi transfer oynasi payti yangi xaridlar uchun 250 million yevro ajratdi. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, klub ushbu mablag‘ evaziga uchta asosiy pozisiyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Madridliklarning asosiy nishoni — “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes. “Qirollik klubi” argentinalik futbolchi uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. Rahbariyat Ensoni jamoa markaziy chizig‘idagi nazoratni qaytarish uchun ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Marsel” a’zosi Meyson Grinvud tanlangan. Uning transferi Madrid klubiga 80 million yevroga tushishi mumkin. Grinvud jamoada Vinisius yoki Rodrigoning ehtimoliy ketishi fonida munosib o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.
Himoyani mustahkamlash maqsadida esa “Borussiya D” markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek ro‘yxatga kiritilgan. Antonio Ryudiger va David Alabaning yoshi o‘tayotgani sababli, 25 yoshli futbolchi mudofaa chizig‘ining yangi yetakchisiga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Real” ushbu xaridlar orqali tarkibni nafaqat kuchaytirish, balki sezilarli darajada yoshartirishni ham maqsad qilgan. Ayni paytda madridliklar La Liga turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Klub 24 o‘yindan keyin 60 ochko jamg‘argan holda asosiy raqobatchisi “Barselona”ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.