Erkin kurash bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov yana bir bor operasiya qilindi.
Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat va uning ostida izoh yozib qoldirgan.
"O‘ninchi operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi, Alhamdulillah! Bu yo‘l yengil bo‘lmadi, lekin men har bir onni qadrlab yashashni o‘rgandim. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz sabab har safar o‘zimda qayta tiklanish, oyoqqa turish uchun kuch topaman. Yana bir bor hammaga rahmat! Meni davolayotgan shifo maskani, xususan Andrey Vadimovichga tashakkurimni izhor qilaman. U o‘zining professionali. Kelasi yil ko‘rishguncha! In Sha Alloh!", - dedi Jamolov.
Razambekning kelasi yil ko‘rishguncha deganidan anglash mumkinki, u 2026 yilda katta sportga qaytadi.