Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi

Oliiy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15 avgustda bo‘lib o‘tadigan sud tomonlarning roziligiga ko‘ra, ochiq yoki yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Avvalroq sobiq deputat va hozirda Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortayotgani haqida xabar berilgandi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda. Holat bo‘yicha Oliy Sud matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga 2025 yil 26 iyun kuni arizachi SH. I. ariza bilan murojaat qilib, qarzdor R. K.dan voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun sud buyrug‘i chiqarishni so‘ragan.

Mazkur sudning 2025 yil 28 iyundagi sud buyrug‘i bilan bilan arizachi SH. I.ning arizasi qanoatlantirilgan. Unga ko‘ra qarzdor R. K.dan undiruvchi SH. I.ning foydasiga bir nafar 2023 yil 5 oktyabr kuni tug‘ilgan M. K. ismli voyaga yetmagan qiz farzandining ta’minoti uchun 2025 yil 28 iyundan boshlab u voyaga yetgunga qadar har oy jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

Shuningdek, qarzdor R. K.dan undiruvchi SH. I.ning foydasiga pochta xarajati va qarzdordan davlat foydasiga davlat boji undirilishi belgilangan.

Shundan so‘ng qarzdor R. K. sudning 2025 yil 28 iyundagi sud buyrug‘idan norozi bo‘lib, 2025 yil 21 iyul kunida mazkur buyruqqa nisbatan e’tiroznoma keltirgan.

Sud Fuqarolik prosessual kodeksining 181-moddasiga ko‘ra va boshqa qonuniy talablardan kelib chiqib, ushbu sudning 2025 yil 23 iyuldagi ajrimi bilan R. K.ning aliment undirish haqidagi sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi arizasini qanoatlantirgan.

Shundan so‘ng da’vogar SH. I. fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga 2025 yil 5 avgust kuni javobgar R. K.ga nisbatan aliment undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Ushbu d’vo ariza yuzasidan fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, ish yurituviga qabul qilingan. Fuqarolik ishini sud majlisida ko‘rib chiqish 2025 yil 15 avgust kuniga soat 16:00 ga tayinlangan.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!