Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Rasman: Portugaliya terma jamoasi a’zosi Saudiya klubiga o‘tdi

Rasman: Portugaliya terma jamoasi a’zosi Saudiya klubiga o‘tdi

Saudiyaning «Al-Ahli» klubi o‘z rasmiy sayti orqali safiga yangi futbolchi qo‘shib olganini e’lon qildi. Hujumkor yarim himoyachi Fransishku Trinkan «Sporting»dan Jidda klubiga ko‘chib o‘tdi.

26 yoshli Trinkau «Al-Ahli» bilan to‘rt mavsumga — 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

«Men «Al-Ahli»ga o‘tganimdan juda faxrlanaman. Men bu buyuk klubning qadriyatlari, tarixi va muxlislarini hurmat qilaman. «Al-Ahli» muxlislarining ishtiyoqi men bu qadamni tashlashimga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Men jamoa bilan birgalikda muvaffaqiyatlar uchun kurashishga va’da beraman, toki muxlislar baxtiyor bo‘lsin», — dedi Trinkan.

Transfermarkt portalida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Al-Ahli» Trinkanning transferi uchun 39,35 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 23:31 18.07.2026. O'qildi: 1255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!