Kevin de Bryuyne mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishini e’lon qildi.
Bu haqda "shaharliklar" va Belgiya terma jamoasining 33 yoshli yarim himoyachisi bayonot berdi.
Kevin Manchester klubi safiga 2015 yilda "Volfsburg"dan 76 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U shu vaqtga qadar jamoa safida 416 ta o‘yinda 106 ta gol urib, 174 ta golli uzatma berdi.