Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Rasman. Finalissima UYEFA va KONMEBOL qarori bilan bekor qilindi

Rasman. Finalissima UYEFA va KONMEBOL qarori bilan bekor qilindi

UEFA va CONMEBOL qaroriga ko‘ra, Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Finalissima uchrashuvi bekor qilindi.

UYEFA rasmiy bayonotida aytilishicha, tashkilot o‘yinni saqlab qolish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqqan, biroq ularning barchasi yakunda Argentina futbol assosiasiyasi tomonidan qabul qilinmagan.

Birinchi variantga ko‘ra, uchrashuvni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida avvaldan belgilangan sanada o‘tkazish, tribunalarda muxlislarni 50/50 nisbatda joylashtirish taklif qilingan. Ammo Argentina bu taklifni rad etdi.

Ikkinchi variant sifatida Finalissima o‘yinini ikki bosqichda o‘tkazish taklif qilingan:

— birinchi bahs 27 mart kuni «Santyago Bernabeu»da;
— ikkinchi o‘yin esa Buenos-Ayresda, UEFA Euro 2028 va Copa América musobaqalari oldidan yuzaga keladigan xalqaro tanaffus paytida.

Bu variantda ham muxlislar 50/50 nisbatda joylashtirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq bu taklif ham rad etildi.

Shundan so‘ng UYEFA Yevropa hududida neytral maydon topilsa, uchrashuvni rejadagiday 27 mart kuni yoki muqobil sana — 30 martda o‘tkazish uchun Argentinadan kafolat talab qildi. Bu taklif ham qabul qilinmadi.

Argentina esa o‘yinni jahon chempionatidan keyin o‘tkazishni taklif qildi. Biroq Ispaniya terma jamoasining taqvimida bo‘sh sana bo‘lmagani uchun bu variant ham bekor qilindi.

Yakunda, avval kelishilgan rejaga ko‘ra o‘yin 27 martda o‘tkazilishi kerak bo‘lganiga qaramasdan, Argentina faqat 31 mart kuni o‘ynashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu sana esa FIFA taqvimida mavjud emas edi.

Shu tariqa, UYEFA rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, ushbu Finalissima o‘yini bekor qilindi.

Kiritildi: 23:40 15.03.2026. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!