Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rasman. Fabio Kannavaro — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Rasman. Fabio Kannavaro — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:

— Aujenyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);

— Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);

— Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).

Kiritildi: 17:28 06.10.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!