"Ipsvich" forvardi Liam Delap faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
22 yoshli hujumchini "Chelsi" klubi 30 million funtga sotib oldi. Shartnoma 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Hujumchi "Ipsvich"ga o‘tgan yilning yozida "Manchester Siti"dan kelib qo‘shilgandi. Hujumchi yakunlangan mavsumda APLda 12 ta gol urishga erishgan.