Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Rasman. Argentinalik himoyachi endi "Dinamo" sharafini himoya qiladi

Rasman. Argentinalik himoyachi endi "Dinamo" sharafini himoya qiladi

«Dinamo» jamoasi yangi mavsum oldidan yana bir legioner bilan o‘z safini kuchaytirdi.

Yangi mavsumda yangi marralarni ko‘zlayotgan «Dinamo» PFK Salvador Sanches bilan kelishuvga erishdi. Argentinalik 30 yoshli himoya chizig‘i vakili markaziy va chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay oladi. Sanches jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

Salvador Sanchesning so‘nggi klubi Chilining «Deportes Ikike» klubi bo‘lib, u jamoa bilan xayrlashgach, yanvar oyida erkin agentga aylangandi.

«River Pleyt» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Sanches Argentinaning «Arsenal Sarandi», «Santamarina», «Olimpo», Gresiyaning «Volos», «PAS Lamiya», Litvaning «Panevejis» va Chili chempionatining «Kokimbo Yunido» hamda «Deportes Ikike» klublari sharafini himoya qilgan.

Rasman. Argentinalik himoyachi endi "Dinamo" sharafini himoya qiladi

Kiritildi: 23:58 19.02.2026. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!