Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi: “Asossiz qarzdorlik” sabab elektr ta’minotiga qo‘yilgan cheklovlar qayta ko‘rib chiqiladi

Raqobat qo‘mitasi: “Asossiz qarzdorlik” sabab elektr ta’minotiga qo‘yilgan cheklovlar qayta ko‘rib chiqiladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, fuqarolarga asossiz qarzdorliklar hisoblanishi yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi.

Qayd etilishicha, 2025 yil davomida qattiq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bo‘yicha 1141 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, 2026 yilning dastlabki oylarida, ushbu masala yuzasidan 850 dan ortiq murojaat qayd etilgan.

Murojaatlarda asosan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmasligi, xizmatlar sifati pastligi, shartnoma shartlariga amal qilinmasligi, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanishi hamda buning oqibatida fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovlariga cheklovlar qo‘yilgani yuzasidan haqli e’tirozlar bildirilgan.

O‘rganishlar davomida ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketishning belgilangan minimal davriyligiga amal qilinmayotgani hamda fuqarolarga asossiz qarzdorliklar hisoblanayotgani aniqlandi, — deyiladi xabarda.

Murojaatlarning asosiy qismi Namangan, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Natijada, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqib ketishni ta’minlash, asossiz qarzdorliklar hisoblanishining oldini olish, asossiz qarzdorlik sabab elektr energiyasi to‘lovlariga kiritilgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga so‘rov yuborilgan.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari belgilangan muddat va davriylikda amalga oshirilishi shart. Shuningdek, xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan hollarda iste’molchi tegishli davr uchun to‘lovdan ozod etilishi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!