Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Raqamlashtirish sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi

A A A
Raqamlashtirish sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tadbirkorlik sub’ektlariga xalqaro platformalar orqali raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, huquqiy eksperiment tariqasida raqamlashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

2024 yil 1 apreldan boshlab huquqiy eksperiment doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar (ular amalga oshirishi ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga muvofiq) eksporti bo‘yicha xalqaro platformalarda elektron shaklda rasmiylashtirilgan qiymati 100 ming AQSh dollarigacha (yoki ushbu ekvivalentga teng miqdorgacha) bo‘lgan shartnomalar (kelishuv, hisobvaraq-faktura, invoys) elektron hujjat sifatida tan olinadi hamda ularning qog‘oz shaklidagi nusxasi talab etilmaydi;

raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish ruxsat etiladigan xalqaro platformalar ro‘yxati Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Huquqiy esperiment doirasida:

IT-park rezidenti ishtirokidagi oddiy yozma shakldagi tashqi savdo bitimi to‘g‘risidagi taklif ikkinchi tarafning shartnoma tuzishga tayyorligi haqida xabardor qilish (akseptlash) yo‘li bilan qabul qilingan bo‘lsa tuzilgan hisoblanadi;

tashqi savdo bitimi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar IT-park rezidentlari tomonidan faqat O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob raqami orqali amalga oshiriladi;

elektron yoki boshqa aloqa vositalari, axborot tizimlari yoki axborot tarmoqlaridan foydalangan holda dasturiy kodlar bilan almashish yoki taraflar va ularning xohish-irodasining mazmunini aniq ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi;

IT-park rezidentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi savdo bitimlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib borish majburiy hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi huquqiy eksperimentni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Huquqiy eksperimentning amal qilish muddati bir yilni tashkil etadi.

Kiritildi: 06:40 19.03.2024. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!