Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp telefon orqali suhbatdan so‘ng Putinni tanqid qildi

Tramp telefon orqali suhbatdan so‘ng Putinni tanqid qildi

"Bu anchagina uzoq suhbat bo‘ldi, biz ko‘plab masalalar, jumladan, Eron va Ukraina haqida gaplashdik. Ammo men bu suhbatdan mamnun emasman. Men Putin bilan muloqotdan hech qanday natijaga erisha olmadim", — deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.

Bundan tashqari, Donald Tramp AQSh Qurolli kuchlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni davom ettirayotganini ta’kidladi.

"Biz Ukrainaga qurol beryapmiz, ular bilan hamkorlik qilyapmiz va yordam berishga harakat qilyapmiz. Vashingtonning Ukrainaga qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatishiga sabab “Baydenning mamlakatni holdan toydirgani” hisoblanadi. Hozir Vashington Qo‘shma Shtatlarning o‘zi uchun yetarli qurol zaxirasi borligiga ishonch hosil qilishi lozim", — dedi prezident.

Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashganidan bir necha soat o‘tib, Rossiya yana Ukrainaga keng ko‘lamli zarbalar berdi. Hujumlarning asosiy nishoni mamlakat poytaxti Kiyev bo‘ldi.

Kiritildi: 12:11 04.07.2025. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!